Avgust oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni deb e’lon qilindi. Bu haqdagi farmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev imzoladi, deb xabar berdi«O‘zbekiston 24» telekanali.

Kasb bayramini o‘rnatishdan ko‘zlangan maqsad — «amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, bugungi kunda sohada qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etish va sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni rag‘batlantirish».

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2 avgustdagi farmoniga ko‘ra avgustning birinchi yakshanbasi Temiryo‘l transporti xodimlari kuni deb e’lon qilingan edi.